Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi bugun Vetnamga qarshi o‘ynaydi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 8-fevral kuni chorak final uchrashuvini o‘tkazadi. Bahodir Ahmedov shogirdlariga Vetnam futzalchilari qarshilik qiladi.
Mazkur uchrashuv «Xinzhuang Gymnasium» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Nominal mezbon sifatida maydonga tushadigan Vetnam oq rangli formalarni tanladi. O‘zbekiston termasi bugun ko‘k liboslarda harakat qiladi.
Vetnam – O‘zbekiston bellashuvi g‘olibi yarim finalda Eron – Tailand juftligida zafar quchgan jamoa bilan o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Vetnam va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokidagi chorak final bahsi bugun, Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter