Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«FutbolTV» rahbari APL translyasiyasi masalasida izoh qoldirdi

«FutbolTV» rahbari APL translyasiyasi masalasida izoh qoldirdi

Bugun, 5 avgustdan Angliya Premer-ligasida yangi mavsum boshlanadi. Biroq O‘zbekiston hududida hali birorta  telekanal APL translyasiyasini sotib olgani yo‘q.

«FutbolTV» direktori Oybek Ortiqov vaziyatga oydinlik kiritdi.

«Premer-liga translyasiyasini ololmayotganimiz uchun «SportTV»ga katta rahmat aytib qo‘yasizlar, chunki ularni deb narxlar 9-10 baravar oshib ketdi. 

Ular xohlagancha budjetdan (xalq puli) foydalangan holda doimgi narxdan 5-6 baravar ko‘p pul to‘lab, chempionatlarni sotib olishdi. Shundan so‘ng translyasiya huquqini sotuvchi kompaniyalar narxlarni juda katta foizda ko‘tarib tashlashdi. Lekin ortga qaytishga yo‘l yo‘q, translyasiya huquqini olish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilyapmiz», — deb yozdi u «instagram»dagi sahifasida.

O‘z navbatida, «Sport» kanali direktori Zohid Karimov bu vaziyatda MTRK yoki «Sport» kanalini ayblamasliklarini so‘radi.

«Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, APLga egalik qilayotgan «Setanta» o‘zi ko‘rsatmoqchi O‘zbekiston hududida. Shuning uchun MTRK yoki «Sport» kanalini APL masalasida ayblashda tuhmatdan tiyiling. Biz imkoniyatimizga qarab musobaqalarni olamiz», deya izohladi Zohid Karimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring