Futbol olamidagi eng qimmat transferlar: Neymardan Suaresgacha

Bir vaqtlar Braziliya yoshlari termasida birgalikda to‘p surgan bu ikki yigit bugun dunyoning eng qimmat futbolchilariga aylanishdi.
Biroz avval «Barselona» klubi «Liverpul» yarimhimoyachisi Filipe Koutino transferini e’lon qildi. Braziliyalik futbolchi Kataloniya klubiga 142 mln. funtga tushgani aytilyapti.
Shu tarzda u dunyoning eng qimmat transferlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. TOP-10 esa quyidagi ko‘rinishga ega:
- Neymar («Barselona»dan «PSJ»ga) – 198 mln. funt.
- Koutino («Liverpul»dan «Barselona»ga) – 142 mln. funt.
- Dembele («Borussiya D»dan «Barselona»ga) – 97 mln. funt.
- Pogba («Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga) – 89 mln. funt.
- Beyl («Tottenxem»dan «Real»ga) – 85 mln. funt.
- Ronaldu («Manchester Yunayted»dan «Real»ga) – 80 mln. funt.
- Iguain («Napoli»dan «Yuventus»ga) –75 mln. funt.
- Lukaku («Everton»dan «Manchester Yunayted»ga) – 75 mln. funt.
- Van Deyk («Sautgempton»dan «Liverpul»ga) – 75 mln. funt.
- Suares («Liverpul»dan «Barselona»ga) – 75 mln. funt.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter