Futbol olami shok holatida — FIFA rahbari
Indoneziya chempionatining «Arema» — «Peresebaya Surabaya» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kelib chiqqan tartibsizlik oqibatida 170 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino fojia yuzasidan murojaat yo‘lladi.
«Indoneziyadagi fojiali voqealardan so‘ng futbol olami shok holatida. Bu aqlga sig‘maydigan fojia, futbolga aloqador barcha uchun qora kun. Ushbu fojia oqibatida halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman», — FIFA rahbarining so‘zlarini keltirdi tashkilot matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter