Futbol jamoasi liboslaridagi raqamlarni QR-kodlarga o‘zgartirdi
Markaziy Florida universiteti futbol jamoasi — UCF o‘z liboslaridagi an’anaviy raqamlar o‘rniga QR-kodlarni joyladi.
Jamoa yangi formasini «Twitter»da ko‘rsatdi. Endi amerikacha futbol o‘ynovchilarning familiyalari ostida maxsus QR-kodlar bor: ularni skanerlab UCF jamoasi veb-saytiga kirish va futbolchilarning biografiyasi bilan tanishish mumkin.
O‘yinchilarning QR-kodlari jamoa uy stadionidagi jambotron (katta ekran)da ham aks ettiriladi.
Raqamlarga o‘rgangan muxlislar raqamlashtirishga nechog‘liq shay? Stadionga kelib saytga kiradimi yo futbol tomosha qiladimi? Yangilik qulaylik tug‘diradimi yo aksincha — hozircha bir nima deyish qiyin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter