QR-kodlar pul o‘g‘irlashni o‘rgandi
Onlayn firibgarlarning yangi toifasi paydo bo‘ldi. Ular odamlarning pullarini o‘zlashtirish uchun QR-kodlardan foydalanishmoqda.
Voqea Rossiyada kuzatilgan, biroq har ehtimolga qarshi bilib qo‘ysak zarar qilmaydi.
Demak, «o‘g‘ri QR-kodlar»ga qaytamiz. Ular qanday ishlaydi: firibgarlar o‘zlarini bank xodimlari sifatida tanishtirib, ehtimoliy jabrlanuvchini go‘yoki uning nomiga kredit rasmiylashtirishga urinish bo‘layotganidan ogohlantirishadi. Bu jarayonni to‘xtatish va bekor qilish uchun «bepul himoya» va QR-kod yaratishni taklif qilishadi.
Mavzu doirasida: Ko‘rinmas QR-kodlar ishlab chiqildi: ulardan siz ham foydalanishingiz mumkin bo‘ladi
Keyin esa olingan QR-kodni chat-botga jo‘natish so‘raladi. So‘nggi, firibgarlar kutgan bosqich aslida shu — ushbu koddan foydalanib, ular bankomatdan jabrlanuvchining naqd pulini yechib olishadi.
Esdan chiqarmang! QR-kodlar istalgan resursga havola vazifasini bajara oladi. Bu fishing saytlari yoki viruslarga to‘la manba bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter