Futbol bo‘yicha 1978-yilgi jahon chempioni koronavirusdan vafot etdi
Argentinalik taniqli futbolchi, 1978-yilgi jahon chempioni Leopoldo Luke vafot etdi. Uning o‘limiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lgan.
«Sport-Ekspress» yozishicha, yanvar oyida Leopoldo Luke koronavirus simptomlari bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Ammo shifokorlarning urinishlari besamar ketdi. Luke 15-fevral kuni 72 yoshida olamdan o‘tdi.
Leopoldo Luke 70-yillarda Argentinaning eng kuchli hujumchilaridan bo‘lgan. Terma jamoa safida 45 o‘yinda 22 ta gol urgan. 1978-yili o‘z vatanida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Argentina ilk jahon kubogini qo‘lga kirtishida hissa qo‘shgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter