Fukusimada Olimpiya mash’aliga start berildi (video)
Yaponiya shimoli-sharqi, Fukusima prefekturasida bugun, 25-mart sanasida Olimpiya mash’aliga start berildi. Bir yil avval Gretsiyaning Olimpiyasida yoqilgan olov, nihoyat, «Kunchiqar yurt»ga yetib keldi.
Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi o‘z «YouTube» kanalida ushbu marosimni jonli efirda uzatmoqda.
Fukusimadan so‘ng olov 47 prefektura bo‘ylab olib o‘tiladi va Tokioga yetib keladi. Olimpiadaning ochilishi 23-iyulga, yopilishi 8-avgustga belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter