Frank Riberi: «Oltin to‘p»ga Ronaldu emas, men loyiq edim»
«Bavariya»ning fransiyalik yarim himoyachisi Frank Riberi 2013-yilgi «Oltin to‘p» aslida o‘ziga berilishi lozimligi, uni «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nohaq qo‘lga kiritganini ta’kidladi.
«Xuddi mening «Oltin to‘p»imni o‘g‘irlab olishgandek tuyulgandi. Bunga aql bovar qilmasdi.
Men o‘sha yili olish mumkin bo‘lgan sovrinlarning barchasini qo‘lga kiritdim, boshqa biror narsa qilishning imkoni yo‘q edi. Bu o‘taketgan adolatsizlik.
Fransiya meni qo‘llab-quvvatlamadi. Men Ronaldu tomonini olgan yurtdoshlarimni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Axir portugaliyaliklar Riberi yoki Messining g‘alabasini xohlarmidi? Albatta, yo‘q», — Riberining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Championat.com» nashri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter