Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finalda Braziliya Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi

Finalda Braziliya Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi

Olimpiada futbol bahslarida yarim final uchrashuvlari o‘tkazilib, ikki finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi.

Dastlab, Meksika va Braziliya olimpiya terma jamoalari bahs olib borishdi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida Braziliya 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Braziliya – Meksika 0:0 (penaltilar bo‘yicha — 4:1)

Ikkinchi bahsda Yaponiya Ispaniyaga qarshi o‘ynadi. Bunda ham asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi, ammo qo‘shimcha taymlar tugashiga 5 daqiqa qolganida Asensio o‘z goli bilan Ispaniyani finalga olib chiqdi.

Yaponiya U-23 – Ispaniya U-23 0:1
Gol: Asensio, 115

Shu tariqa Olimpiada g‘olibligi uchun Ispaniya va Braziliya bahs olib boradigan bo‘ldi.

Yaponiya va Meksika esa bronza medali uchun o‘zaro kurashadi.

Final 7 avgust kuni, 3-o‘rin uchun o‘yin esa 6 avgustda o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring