Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fernando Torres yapon klubi bilan shartnoma imzoladi

Fernando Torres yapon klubi bilan shartnoma imzoladi

Ispaniyalik taniqli hujumchi Fernando Torres «Sagan Tosu» klubi safiga o‘tdi. Bu haqida uning uchun maxsus tashkil etilgan matbuot-anjumanida ma’lum qilindi.

Torres «Atletiko» klubini shartnoma muddati tugaganidan so‘ng tark etdi va yapon klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ispan hujumchisi Yaponiyada yiliga 6,2 million yevro ishlab oladi. Avvalroq «Barselona» sardori Andres Inesta ham Yaponiyaga kelgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring