Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fazliddin G‘oibnazarov ertaga Uilbert Lopesga qarshi jang o‘tkazadi

Fazliddin G‘oibnazarov ertaga Uilbert Lopesga qarshi jang o‘tkazadi

Foto: «jolygram.com»

Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov ertaga tongda AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu jangda hamyurtimizga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi. Bugun Fazliddin muhim jang oldidan tarozidan o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan.

Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq. U professional ringda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring