Yevropaning o‘z klubiga eng sadoqatli futbolchilari aniqlandi
«Transfermarkt» sayti «Instagram» orqali Yevropaning o‘z klubiga eng sodiq futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatni Moskvaning SSKA jamoasi darvozaboni Igor Akinfeyev boshqarmoqda. U jamoa tarkibida jami 17 yil, 3 oy va 23 kunini o‘tkazdi. Ikkinchi o‘rinni fransuzlarning «Sent-Eten» jamoasi himoyachisi Loik Perren (16 yil, 9 oy va 24 kun), uchinchi o‘rinni ispanlarning «Barselona» jamoasi yetakchisi Lionel Messi (16 yil, 3 oy va 23 kun) egalladi.
Darvozabon 2002 yildan beri SSKAda. Akinfeyev — olti karra Rossiya chempioni, olti karra Rossiya milliy kubogi sohibi, yetti karra Superkubok sohibi, UYeFA Kubogi sohibi. Shuningdek, Rossiya terma jamoasi safida 111 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U 2008 yilda Yevropa vempionatining bronza mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter