Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2020: saralashga qur’a tashlandi

Yevro-2020: saralashga qur’a tashlandi

Foto: «Football.ua»

Bugun, 2-dekabr kuni Dublin shahrida Yevro-2020 saralash bosqichiga qur’a tashlandi va «Ko‘hna qit’a»ning 55 terma jamoasi guruhlarga taqsimlandi.

Qur’aning asosiy jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, chempionatning amaldagi g‘olibi Portugaliya «B» guruhida Ukraina, Serbiya, Litva va Lyuksemburgga qarshi bahs olib boradi, Germaniya esa yana Niderlandiya bilan bitta guruhda, fransuzlar islandlarga qarshi, ispanlar shvedlarga qarshi saralashda ishtirok etadi.

55 jamoa 10 guruhga  taqsimlandi, o‘yinlar 2019-yilning noyabr oyidan boshlanadi.

«A» guruhi: Angliya*, Chexiya, Bolgariya, Chernogoriya, Kosovo*.

«B» guruhi: Portugaliya*, Ukraina*, Serbiya*, Litva, Lyuksemburg.

«C» guruhi: Niderlandiya*, Germaniya, Shimoliy Irlandiya, Estoniya, Belarus*.

«D» guruhi: Shveysariya*, Daniya*, Irlandiya, Gruziya*, Gibraltar.

«E» guruhi: Xorvatiya, Uels, Slovakiya, Vengriya, Ozarbayjon.

«F» guruhi: Ispaniya, Shvetsiya*, Norvegiya*, Ruminiya, Farer orollari, Malta.

«G» guruhi: Polsha, Avstriya, Isroil, Sloveniya, Makedoniya*, Latviya.

«H» guruhi: Fransiya, Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova, Andorra.

«I» guruhi: Belgiya, Rossiya, Shotlandiya*, Kipr, Qozog‘iston, San-Marino.

«J» guruhi: Italiya, Bosniya va Gersegovina*, Finlyandiya*, Gretsiya, Armaniston, Lixtenshteyn.


*Millatlar Ligasining guruh bosqichi g‘oliblari o‘zlari uchun kamida o‘tish o‘yinini kafolatlab qo‘yishgan.

Har bir guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Yana to‘rtta yo‘llanma esa 2020-yil mart oyida Millatlar Ligasi guruh g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘tish o‘yinlari yoki jamoalarning reytingdagi pog‘onasiga qarab aniqlanadi.

UYeFA Ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra (ma’lum sabablarga ko‘ra), ayrim jamoalar bir guruhdan o‘rin olmadi: Gibraltar va Ispaniya, Bosniya va Gersegovina hamda Kosovo, Kosovo va Serbiya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring