Erling Holand Chempionlar ligasi rekordini o‘rnatdi
«Borussiya Dortmund» hujumchisi Erling Holand Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida Ispaniyaning «Sevilya» klubi darvozasiga ikkita gol kiritdi (35, 54 penalti): 20 yoshli norvegiyalik futbolchi Yevropa klublarining eng nufuzli turnirida urgan jami gollar soni 20 taga yetdi.
Holand 20 ta golini 14 ta o‘yinda urdi — bu Chempionlar ligasi uchun rekord ko‘rsatkich. Oldingi rekord Londonning «Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keynga tegishli. U 20 ta golini 24 ta o‘yinda kiritgan edi.
Holand hisobida yana bir natija — turnirning qatorasiga olti o‘yinida gol kiritgan eng yosh futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, «Borussiya» va «Sevilya» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvi 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Birinchi o‘yindagi 3:2 hisobidagi g‘alaba dortmundliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter