Endi Ruis kutilmaganda Entoni Joshuani nokautga uchratdi
Kecha Nyu-Yorkda professional boks bo‘yicha yilning eng muhim to‘qnashuvlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Amerikalik 29 yoshli Endi Ruis kutilmaganda superog‘ir vazn bo‘yicha WBA, IBF va WBO yo‘nalishlarida chempion Entoni Joshuani texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Entoni Joshua ushbu vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri bo‘lib, ushbu to‘qnashuvda so‘zsiz favorit hisoblanayotgandi. Jang har ikki bokschi tomonidan extiyotkorlik bilan boshlandi va dastlabki ikki raund past tempda o‘tdi. Uchinchi raundda esa Joshua Ruisni nokdaunga uchratdi. Ammo Ruis darhol o‘ziga kelib oldi va chempionga javob qaytarib, uning o‘zini ham nokdaunga uchratdi. Raund oxirida Joshua yana bir bor ringga quladi.
Shundan so‘ng jang tempi yana tushib ketdi, ammo yettinchi raundda Ruis yana muvaffaqiyatli hujum tashkil etib, Joshuani navbatdagi nokdaunga uchratdi. Ushbu raundning o‘zida yana bir bor nokdaun holati qayd etilgach, referi jangni to‘xtatdi va Endi Ruisning g‘alabasini e’lon qildi.
Jangdan so‘ng Joshua g‘alaba bilan Ruisni tabrikladi va unga qarshi javob jangini kutishini aytdi. Promouter Eddi Xirnning aytishicha, revansh joriy yilning oxirida Angliyada o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter