EChLdagi tartibsizlikka Klopp aybdor — Fransiya IIV
Fransiya ichki ishlar vaziri Jeradj Darmanen Yevropa chempionlar ligasi finalidagi tartibsizliklarga «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopni aybdor qilgan.
«Bunday muammolar faqat ayrim ingliz jamoalari bilan sodir bo‘ladi. O‘zini tutishi, tashkilotchilik yo‘qligi va qalbaki chiptalarning katta bozori. Esingizdami, finalga bir necha kun qolganda «Liverpul» murabbiyi muxlislarni o‘yinga chiptasiz borishga undagandi. Bunday fanatlar bizning xavfsizlik tizimimizni buzib tashlashdi», degan vazir.
Eslatib o‘tamiz, YeChL finali o‘z vaqtida emas, deyarli 40 daqiqa kech boshlangandi. Bunga qalbaki chipta bilan kirib, tartibsizlar qilgan muxlislar sabab bo‘lgandi. YeChL finalida Madridning «Real» jamoasi kubokni qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter