Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChLda chorak finalning dastlabki o‘yinlari o‘tkazildi

YChLda chorak finalning dastlabki o‘yinlari o‘tkazildi

Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali dastlabki bahslari bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Atletiko»ni kichik hisobda mag‘lub etdi. Fodenning uzatmasidan so‘ng De Bryuyne gol muallifi bo‘ldi

«Liverpul» esa Portugaliyada «Benfika» mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Konate, Mane va Diasning gollariga Nunes bir gol bilan javob qaytardi. 

Javob bahslari 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

YChL. 1/4 final. 5 aprel

Manchester Siti — Atletiko 1:0
Gol: 
de Bryuyne (70). 

Manchester Siti – Ederson, Kanselu, Stounz, Laport, Ake, Gundo‘g‘an (Grilish, 68), de Bryuyne, Rodri, Silva, Sterling (Jezus, 68), Mahrez (Foden, 68). 

Atletiko – Oblak, Vrsalko, Savich, Felipe, Reynildu, Lodi, Koke (de Paul, 60), Kondogbia, Lorente (Kunya, 60), Grizmann (Korrea, 60), Felish (Lemar, 81).

Ogohlantirishlar: de Paul (69), Korrea (83), Jezus (85), Vrsalko (90+2), Ederson (90+2).

Benfika — Liverpul 1:3
Gollar: 
Nunes (49) — Konate (17), Mane (34), Dias (88).

Benfika – Vlaxodimos, Jilberto, Vertongen, Otamendi, Grimaldo, Taarabt (Meyte, 70), Rafa Silva, Vaygl, Everton (Yaremchuk, 82), Nunes, Gonsalu Ramush (Mariu, 86).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 89), van Deyk, Konate, Robertson, Alkantara (Henderson, 61), Fabino, Keyta (Milner, 89), Saloh (Jota, 61), Mane (Firmino, 61), Dias.

Ogohlantirishlar: Alkantara (58), Taarabt (63).

Bugun tunda chorak finalning boshqa juftliklari – Chelsi va Real, Vilyarreal va Bavariya o‘rtasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring