Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL: PSJ Myunxenda «Inter»ni «ko‘mdi»

YeChL: PSJ Myunxenda «Inter»ni «ko‘mdi»

31-may kuni Myunxendagi «Allians Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan UYeFA Chempionlar Ligasi finalida Pari Sen-Jermen (PSJ) jamoasi Italiyaning Inter klubini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va klub tarixida ilk bor YeChL chempioniga aylandi.

O‘yin faol boshlandi va 12-daqiqada Ashraf Hakimi Dezire Duye tomonidan uzatilgan pasni golga aylantirdi. 21-daqiqada esa o‘sha Duye o‘zi ham gol urib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. 64-daqiqada Vitiniyaning pasidan keyin Duye ikkinchi bor darvoza to‘rini ishg‘ol qildi. 76-daqiqada esa Hvicha hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, 86 Meyulyu beshinchi golni kiritdi.

Bu g‘alaba PSJ uchun nafaqat Chempionlar Ligasidagi birinchi chempionlik, balki butun klub tarixidagi eng yorqin lahzalardan biri bo‘ldi. Avvalroq, 2020-yilda PSJ finalda ishtirok etib, «Bavariya»ga 1:0 hisobida yutqazgan edi. Bu safar esa fransuzlar o‘z maqsadlariga erishdi.

Shuningdek, PSJ joriy mavsumda Fransiya chempionati (Liga 1), Fransiya Kubogi va UYeFA Chempionlar Ligasini yutgan holda treblga erishdi.

Shunday qilib, PSJ endi 2025-yilgi UYeFA Superkubogi finalida Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan «Tottenxem»ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring