Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL. «Barselona» kambekni amalga oshira olmadi

YeChL. «Barselona» kambekni amalga oshira olmadi

Yevropa Chempionlar Ligasida nimchorak finalning javob uchrashuvlari o‘tkazildi.

Birinchi uchrashuvni yirik hisobda yutqazgan «Barselona» Parijda katta ishtiyoq va ustunlik bilan bahsni boshladi. Ammo ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmagan kataloniyaliklar kambekni amalga oshira olmadi.

Yana bir uchrashuvda «Liverpul» javob bahsida «Leypsig»ni mag‘lub etdi va chorak final masalasini hal qildi.

YeChL, 1/8 final, javob o‘yinlari.

PSJ — Barselona 1:1

Gollar: Mbappe (31, penalti) — Messi (37).

Amalga oshirilmagan penalti: Messi (45+3).

PSJ – Navas, Kimpembe, Kurzava (Diallo, 46), Markinos, Florensi (Dagba, 77), Paredes, Verratti (Rafinya, 84), Guye (Danilu Pereyra, 59), Draksler (Di Mariya, 59), Ikardi, Mbappe. 

Barselona – ter Stegen, Dest (Trinkau, 66), Alba, Mingesa (Firpo, 35), Langle, de Yong, Buskets (Moriba, 79), Pedri (Pyanich, 78), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Kurzava (8), Mingesa (25), Langle (30), de Yong (38), Guye (50), Paredes (50), Ikardi (89).

Birinchi o‘yin — 4:1.

Liverpul — Leypsig 2:0

Gollar: Saloh (71), Mane (74).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson (Simikas, 90), Kabak, Fillips, Saloh, Veynaldum (Milner, 82), Mane (Oksleyd-Chemberlen, 90), Tiago (Keyta, 71), Jota (Origi, 71), Fabino. 

Leypsig – Gulachi, Klostermann, Upamekano, Mukiyele, Nkunku, Olmo (Aydara, 72), Kampl (Syorlot, 46), Adams, Zabitser, Forsberg (Klyuyvert, 60), Poulsen (Hvan Hi Chan, 60).

Birinchi o‘yin — 2:0.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring