Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi Italiyaga mag‘lub bo‘ldi

Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi Italiyaga mag‘lub bo‘ldi

Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha musobaqalarning aralash jamoaviy turi bo‘yicha chorak final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Italiya bilan bellashgan O‘zbekiston terma jamoasi hisobda oldinda borayotib ustunlikni boy berib qo‘ydi.

Dastlab, Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) Manuel Lombardoni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bo‘lib tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyazova Savita Russodan ustun keldi.

Uchinchi bahsda Davlat Bobonov so‘nggi soniyada Kristian Parlatiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi: 2:1.

Navbatda bahsga chiqqan Irisxon Qurbonboyeva hamda Alisher Yusupovlar ham mag‘lubiyatga uchrashdi.  Hisob – 2:3.

Hal qiluvchi bahsda Shukurjon Aminova vaziyatni o‘zgartira olmadi va jamoa 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Endi o‘zbekistonliklar bronza uchun o‘tish turnirida qatnashadi. Unda Janubiy Koreya raqib bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring