Dzyudo bo‘yicha Toshkent «Katta dubulg‘a» turniri boshlandi
«Humo arena»da dzyudo bo‘yicha Toshkent «Katta dubulg‘a» turniri start oldi.
Dasturga ko‘ra, bugun yengil vazn toifasidagi bellashuvlar o‘tkazilib, erkaklar -60 va -66 kg, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Final bahslari esa 17:00 dan boshlanadi.
Qur’a natijalari bo‘yicha sportchilarning raqibi bilan bellashuvi jadvali bilan ushbu havola orqali tanishib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, turnirda 68 mamlakatdan 495 nafar sportchi medallar uchun kurash olib borishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter