Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiada yo‘llanmalari bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi uchun saralash siklini yakunladi va butun dunyodan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar nomini ma’lum qildi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk bor 12 ta (7 ta erkaklar, 4 ta ayollar va 1 aralash jamoaviy) yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi va o‘zining eng yaxshi natijasini yangiladi.
Kutilganidek, yigitlarimiz barcha vazn toifalarida Olimpiada reytingidagi o‘rinlarini saqlab qolishdi va Parij tatamilarida to‘liq tarkibda medallar uchun kurash olib boradigan bo‘lishdi. Qizlarimiz esa birinchi bor 4 ta litsenziyaga ega chiqishdi. Bu natija atletlarimizga aralash jamoaviy dasturda ham ishtirok etish imkoniyatini taqdim qiladi. Demak, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochilarimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter