Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng qimmat futbolchisi Messining o‘rniga yugurishga tayyor ekanligini aytdi

Dunyoning eng qimmat futbolchisi Messining o‘rniga yugurishga tayyor ekanligini aytdi

Foto: «Yandex.com»

Fransiyaning PSJ jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe parijliklarning yangi o‘yinchisi Lionel Messiga maydonda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Forvard argentinalikning o‘rniga himoyaga ham yordam berishga va ko‘proq yugurishga tayyorligini aytgan.

«Tushunaman, u gol urishi uchun kuchliroq bo‘lishi kerak. Buning uchun esa kamroq harakatlanishi zarur. U yurganda men yugurishga roziman. Axir u Messi-ku!» — qo‘shib qo‘ydi Mbappe.

Avvalroq, 5-oktyabr kuni Mbappe Fransiya terma jamoasini tark etishga tayyorligi haqida gapirdi. Agar usiz terma jamoaga yaxshiroq bo‘lsa, shunday qilishga ham rozi ekanligini ta’kidlagan.

Transfermarkt.de portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning narxi 160 million yevroga baholanmoqda. U 2018-yildan beri PSJda o‘ynaydi. Messi avgust oyida parijliklar safiga kelib qo‘shildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring