Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denis Istomin Olmaotada g‘olib bo‘ldi va 7200 AQSh dollari ishlab oldi

Denis Istomin Olmaotada g‘olib bo‘ldi va 7200 AQSh dollari ishlab oldi

Foto: «prosports.kz»

Osiyo o‘yinlari g‘olibi Denis Istomin Almati shahrida mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi «Chellenjer» musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi bugun finalda serbiyalik Nikola Miloyevichga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 44 daqiqa davom etgan o‘yinda Denis 6:7, 7:6, 6:2 hisobida ustun keldi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ushbu g‘oliblik Denisga 80 reyting ochkosi va 7200 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini ishlab olish imkonini berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring