Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionsiz chempionat: Niderlandiya Eredivizisi muddatidan oldin yakuniga yetkazildi

Chempionsiz chempionat: Niderlandiya Eredivizisi muddatidan oldin yakuniga yetkazildi

Foto: «Korrespondent»

Niderlandiya futbol uyushmasi joriy mavsum milliy chempionatini muddatidan oldin tugatishga qaror qildi. Bu haqda Eredivizi (milliy chempionat) rasmiy saytida xabar berildi.

Chempionatning tugatilishiga mamlakat hukumati 1-sentyabrgacha futbol o‘yinlarini o‘tkazishni taqiqlagani sabab bo‘ldi. Turnir jadvali yetakchisi «Ayaks»ga chempionlik berilmadi, qolaversa, bu mavsum pastgi ligaga hech qaysi jamoa tushib ketmaydi.

«Jamoalar, o‘yinchilar, murabbiylar hamda Kuzatuv kengashi bildan kelishgan holda Professional futbol kengashi 2019/2020-yillar mavsumini tugatishga qaror qildi. O‘zaro kelishuv asosida Yevrokuboklarga yo‘llanmalar jamoalarning turnir jadvalidagi hozirgi holatidan kelib chiqib taqsimlanadi. Bu UYeFA tavsiyalariga ham muvofiq keladi. Klublarning ligadan ligaga chiqishi yoki tushishi bu yil amalga oshirilmaydi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marotaba Gollandiyada 1945 yili chempion aniqlanmagan edi.

Niderlandiya koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar orasida 14-o‘rinda turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring