Chempionlikni nishonlayotgan futbol klubi avtobusi yonib ketdi (video)

Kecha, 19-may kuni 28-bor mamlakat chempionligini nishonlayotgan «Srvena Zvezda» klubining avtobusi yonib ketdi, deb xabar berdi «Sports.ru».
Serbiya klubi avtobusiga muxlislarning pirotexnika vositalarini uloqtirishi natijasida shunday holat yuzaga kelgan. Futbolchilar va murabbiylar o‘z vaqtida avtobusni tark etishga ulgurishgan va yong‘indan hech kim jabrlanmagan.
E’tiborlisi, shundan so‘ng ham klub a’zolari va muxlislar bayramni davom ettirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter