Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chelsi»ni og‘ir kunlar kutmoqda

«Chelsi»ni og‘ir kunlar kutmoqda

Foto: «Twitter»

Bugun ertalab, Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning ikki yuz nafar fuqarosi, jumladan, prezident Putin va unga yaqin tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular orasida Roman Abramovich ham bor.

Abramovich 2003-yildan beri egalik qiladigan «Chelsi» og‘ir sinovlar ostonasida.

Endigi sharoitda «Chelsi» endi yangi o‘yinchilar sotib ololmaydi, shartnomasi 2022-yil yozida tugaydigan futbolchilarini ushlab qolishi ham savol ostida. Kamiga uy o‘yinlariga chipta sotishi taqiqlandi. Stadionga abonementi bor eski muxlislar qo‘yiladi, xolos.

Sanksiyalar sababli Abramovich jamoani sotish imkoniyatini yo‘qotdi. Britan hukumati «Chelsi»ni bitta shart bilan sotishga ruxsat bermoqchi: tushgan pullarning bir chaqasi ham Abramovichga tegmaydi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring