Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butunjahon shaxmat olimpiadasi: yetakchi 10 jamoa (erkaklar)

Butunjahon shaxmat olimpiadasi: yetakchi 10 jamoa (erkaklar)

Bugun, 9-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida yakuniga yetgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik.

Mamlakatimiz vakillari turnirda haqiqiy sensatsiya ko‘rsatishdi: bironta ham o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashmadi — 8 g‘alaba, 3 durang, jami 19 ochko to‘plashdi. Bu O‘zbekistonning Butunjahon olimpiadalaridagi ilk g‘alabasi.

Mamlakatimiz vakillari bilan bir xil — 19 ochko to‘plagan Armaniston terma jamoasi kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Armanlar 9-turda aynan vakillarimizdan mag‘lubiyatga uchrab yetakchilik mavqeidan mahrum bo‘lishgandi.

Hindiston-2 (ikkinchi terma jamoasi) 16 yoshli Dommaraju Gukeshning kuchli ishtiroki natijasida 3-o‘rinni egalladi (18 ochko). 8 o‘yinda qatorasiga g‘alaba qozongan Gukesh hal qiluvchi bahsda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorovdan mag‘lubiyatga uchradi.

Hindiston-1 (birinchi terma jamoasi), AQSh va Moldova to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinlarni egalladi (17 ochkodan).

E’tiborga molik yana bir voqea — bugungi chempionlik g‘alabasini ta’minlagan Jahongir Vohidov turnirning eng yaxshi 4-taxta o‘yinchisi, deb topildi:

1-taxta: Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2867)
2-taxta: Nihal Sarin (Hindiston, 2774)
3-taxta: Devid Houel (Angliya, 2898)
4-taxta: Jahongir Vohidov (O‘zbekiston, 2813)
Zaxira: Mateush Bartel (Polsha, 2778)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring