Bugun O‘zbekiston Fransiyaga qarshi o‘ynaydi
U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Fransiyaga qarshi o‘ynaydi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da start oladi va «Sport» telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz oq-ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuv bosh hakami Dahane Beida (Mavritaniya). Unga qanotlarda Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Pere Atchoga (Gabon) topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter