Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Borussiya» — YChLning dastlabki finalchisi!

«Borussiya» — YChLning dastlabki finalchisi!

Foto: Sportbox

Yevropa chempionlar ligasi yarimfinalining javob o‘yinida ham «PSJ»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Borussiya Dortmund» 11 yillik tanaffusdan so‘ng finalga chiqdi. Hummelsning yagona goli uchrashuv taqdirini hal qildi.

Dortmundliklarining finaldagi raqibi bugun oqshom Madridda — «Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi ikkinchi yarimfinalda (birinchi o‘yin natijasi — 2:2) aniqlanadi.

YChL finali 1-iyun kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

YChL. YARIMFINAL. Javob bahsi

PSJ — Borussiya D 0:1 (Birinchi o‘yin — 0:1)

7-may, «Park-de-Prens»

Gol: Hummels (50).

PSJ — Donnarumma, Hakimi, Markinos, Beraldo, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 63), Vitinya, Zair-Emeri (Li Kan In, 76), Dembele, Mbappe, Ramush (Barkolya, 63).

Borussiya D — Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan, Brandt (Nmecha, 85), Sancho (Zyule, 67), Adeyemi (Roys, 56), Fyullkrug.

Ogohlantirishlar: Zabitser (64), Hummels (65), Dembele (75), Hakimi (84).

Birinchi o‘yin — 0:1.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring