Bokschilarimiz finalni «yondirishdi»
Tailandda boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Bugun finalda jang qilgan 10 nafar yigitimizdan 9 tasi g‘alaba qozonib, chempionatga chiroyi yakun yasab berishdi.
Yakunda 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
Shubhasiz, bu umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev
Bronza medal:
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
Eslatib o‘tamiz, kecha qizlar terma jamoamiz musobaqada 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter