Birodar Abduraimov va Igor Shkviringa orden berildi
Yurtimiz futbolining afsonalaridan biri, ko‘plab futbolchilarning ustozi Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi olmoqda.
Shu munosabat bilan Birodar Abduraimov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan, shuningdek, yaqinda 60 yillik yubileyini nishonlagan Igor Shkvirin «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Davlat mukofotlarini O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov o‘z egalariga topshirdi.
Birodar Abduraimovga MOQning esdalik medali ham topshirildi.
Ma’lumot uchun, Birodar Hasanovich Abduraimov 1943 yil 14 may kuni tavallud topgan. Qiziqarli tomoni, u dastlab erkin kurash bilan shug‘ullanib, o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik murabbiylari unda futboldagi iqtidorini payqab, «millionlar o‘yini»ga jalb qilishadi. Faoliyati davomida «Paxtakor», «Yangiyer», «Spartak» Moskva, SSKA kabi jamoalarda o‘ynab, 100 dan ortiq golga mualliflik qildi. Buning evaziga Sobiq Ittifoq chempionatlarida 100 dan oshiq gol urgan futbolchilar kira oladigan Grigoriy Fedotov klubiga a’zo bo‘lgan. 1968 yili 22 gol bilan Sobiq Ittifoq chempionatining eng yaxshi to‘purari sifatida qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter