Bir yil ichida narxi «osmon»laganlar: ular orasida 30 yoshli futbolchi ham bor (TOP-10)
![Bir yil ichida narxi «osmon»laganlar: ular orasida 30 yoshli futbolchi ham bor (TOP-10)](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3291839513.jpg)
Bir yil ichida qaysi futbol yulduzi qanchaga qimmatladi? «Transfermarkt» ularning «TOP-10»ligini tuzdi.
- Kevin De Breyne (26 yosh), «Manchester Siti»
+50 mln. yevro
Birdaniga ikki futbolchining narxi 50 mln. yevro qimmatladi. Bular – Neymar va De Breyne. Belgiyalik futbolchi bir yil ichida 83,3 foizga (Neymar — 50 foiz) qimmatladi va endi 110 mln. yevroga baholanyapti.
- Timo Verner (21 yosh), «Leypsig»
+52 mln. yevro
Agar Bundesligani kuzatayotgan bo‘lsangiz, bu futbolchini yaxshi taniysiz. Bu iqtidor egasining salohiyati juda baland, narxi ham shunga yarasha o‘sdi.
- Muhammad Saloh (25 yosh), «Liverpul»
+53 mln. yevro
2017 yili u qahramonga aylandi. Terma jamoasini JCh-2018ga olib chiqdi. «Liverpul»da ko‘rsatayotgan o‘yini ham hayratlanarli.
- Gabriel Jezus (20 yosh), «Manchester Siti»
+54 mln. yevro
Bir yil avval endi-endi tanilgan futbolchi hozirda klubining ham, Braziliya terma jamoasining ham asosiy hujumchisi.
- Filippe Koutino (25 yosh), «Barselona»
+55 mln. yevro
Yana bir braziliyalik futbolchida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatildi. «Barselona» uni deb aqldan ozdi va katta mashaqqat va summaga nihoyat qishki transfer oynasida xarid qildi.
- Lionel Messi (30 yosh), «Barselona»
+60 mln. yevro
O‘ttiz yoshida ham narxining bunday keskin qimmatlashishi? Bunga faqat bir futbolchi qodir. U — Messi!
- Dele Alli (21 yosh), «Tottenxem»
+60 mln. yevro
O‘zi yarim himoyachi, ammo o‘tgan yili u «Tottenxem» uchun 41ta gol urdi (APLda 33ta).
- Usmon Dembele (20 yosh), «Barselona»
+62 mln. yevro
Yozda Dembele «Barselona»ga o‘tgan edi. Jarohat sabab u uch oydan ortiq vaqt kataloniyaliklar safida o‘ynay olmadi. Lekin bu omadsizlik uning TOP-3 uchlikka kirishiga to‘sqinlik qilmadi.
- Harri Keyn (24 yosh), «Tottenxem»
+80 mln. yevro
APLning o‘tgan yildagi eng yaxshi futbolchilaridan biri. Uning hamon «Tottenxem»daligi hayratlanarli.
- Kilian Mbappe (19 yosh), «PSJ»
+86 mln. yevro
O‘tgan yil boshida Mbappe shunchalik porladiki, 18 yoshli bolakay «Monako» safida YeChLning pley-off bahslarida 6 o‘yinda 6 gol urdi («Manchester Siti», «Borussiya» va «Yuventus»ga).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter