Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiya terma jamoasi yangi bosh murabbiyli bo‘ldi

Belgiya terma jamoasi yangi bosh murabbiyli bo‘ldi

Foto: Sportbox

Domeniko Tedesko rasman futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlandi.

Belgiya futbol assotsiatsiyasi 37 yoshli italiyalik nemis bilan 2024-yilgacha shartnoma tuzdi. (italiyaliklar nemislarni tedesko deb atashadi).

Qatar-2022 dan so‘ng Roberto Martines iste’foga chiqdi. Oradan bir oy o‘tib Tedeskoning nomzodi aniq bo‘ldi.

Qizig‘i, Tedesko professional futbol o‘ynamagan. 2017–2019-yillarda «Shalke» (Germaniya), 2019–2021-yillarda «Spartak» (Moskva)ni boshqargan. So‘ngra Germaniyaga qaytib, «RB Leypsig»ni yarim yilga yaqin shug‘ullantirdi. Uning izmidagi «qizil buqalar» Yevropa chempionlar ligasiga yo‘llanmani va Germaniya kubogini qo‘lga kiritishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring