Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir Meliqo‘ziyev vs Gabriel Rosado: revansh jangi bo‘ladi

Bektemir Meliqo‘ziyev vs Gabriel Rosado: revansh jangi bo‘ladi

Professional boksning super o‘rta vazn (76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (11-1, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini Gabriyel Rosadoga (26-16-1, 15 KO) qarshi o‘tkazadi.

Meliqo‘ziyev va Rosado o‘rtasidagi revansh jangi 22 aprel kuni Las Vegasdagi boks oqshomi kardidan o‘rin oladi. Bu oqshomning asosiy jangi esa Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘rtasida kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev 2021 yil 19 iyunida Rosadoga qarshi ringga chiqib, nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi. Bu mag‘lubiyat uning professional faoliyatida yagona bo‘lib turibdi. Endi unda bu uchun revansh olish imkoniyati bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring