Bektemir Meliqo‘ziyev qaytdi

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) faoliyat yuritayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1, 6KO) mashg‘ulotlarni boshladi.
«Ukam safimizga qaytdi, biz birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik va yaqin orada bo‘lajak janglarga to‘liq tayyorgarlikni boshlaymiz», – deb yozdi Murodjon Ahmadaliyev o‘z instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir o‘zining oxirgi jangida Gabriel Rosadodan (26-13-1, 15KO) kuchli zarba o‘tkazib yuborib, chuqur nokaut holatiga tushgandi. Bir muddat tanaffusdan so‘ng bokschi yana ringga qaytishga tayyorganlikni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas