«Bekorchi» Neymarning 500 kishilik marosimi
![«Bekorchi» Neymarning 500 kishilik marosimi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4208479915.jpg)
Neymar hozir jarohatini davolatish bilan band, chimga chiqolmaydi, gol urib nishonlay olmaydi. Ammo bu u xursandchilik qila olmaydi degani emas. Axir u braziliyalik, axir u Parijda yashayapti!
Xullas, darvozabon Buffon ta’biri bilan aytganda, uyoqda «PSJ Neymarsiz jar yoqasida turgan» bir paytda, buyoqda braziliyalik futbolchi katta-katta davralar uyushtirib ko‘nglini xushlash bilan ovora.
«AS» xabariga ko‘ra, braziliyalik futbol yulduzi uyushtirgan bu safargi marosimga oila a’zolari, yaqin do‘stlari, jamoadoshlari, taniqli syorfer Gabriel Medina, qo‘shiqchi Uesli Sadafao va boshqalar — 500 tacha odam kelibdi...
Neymar jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishiga 10 hafta ketarkan. Albatta, shundayam hakimlarning (hakamlarga adashtirmang) aytganiga quloq tutsa. Turgan gapki, «500 kishilik marosim» shifokorlarning tavsiyasida ko‘zda tutilmagan, biroq bu bayramga hech narsa xalaqit bera olmaydi. Axir u braziliyalik, axir u Parijda yashayapti! Bugun (5-fevral) tug‘ilgan kunini, 27 yoshini qarshi oldi.
Darvoqe, bu mavsumda Neymar 23 marotaba maydonga tushib, 20 marta to‘pni raqiblar darvozasiga joylab, 10 ta golga hamsherik bo‘libdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter