«Barselona»da Grizmanni sotib olishga pul yo‘q, xodimlar maoshi kechiktirildi
Kataloniyaliklar Grizmanni 12 iyulda «Kamp Nou»da «Barselona» futbolchisi sifatida tanishtirmoqchi edi, ammo klub «Atletiko»ga 120 million yevro to‘lay olmayapti. Muammo shundaki, transferga kafillik qilishi lozim bo‘lgan banklar bilan kelishishning imkoni bo‘lmadi.
Biroz vaqt muqaddam «Barselona» rahbariyati to‘lovni kechiktirishga urinib ko‘rgan edi, ammo «Atletiko» rahbariyati ko‘nmadi. AS tomonidan xabar qilinishicha, mavjud vaziyat tufayli hatto «Barselona» xodimlarining iyun oyidagi maoshi uch kunga kechiktirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter