«Barselona» sobiq yulduzi qamoqdan ozod etilishi mumkin
«Barselona» va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alves qamoqdan vaqtinchalik ozod etilishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
19-mart kuni Alvesning vaqtinchalik ozod etish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqish bo‘yicha tinglov bo‘lib o‘tadi. Agar u qabul qilinsa, futbolchi qamoqxonani tark etadi va sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar ozodlikda qoladi.
2024-yilning 22-fevralida Alves Barselonadagi tungi klubda bir ayolni zo‘rlashda aybdor deb topilgandi. Voqea 2022-yil dekabrda sodir bo‘lgan. Barselona provinsiya sudi uni jabrlanuvchi foydasiga 4,5 yil qamoq, besh yillik shartli jazo va 150 ming yevro jarimaga hukm qildi.
2023-yil yanvar oyida ayol politsiyaga zo‘ravonlik arizasi bilan murojaat qilgani uchun Alves hibsga olingan.
Shuningdek, Alves qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tasdiqlanmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter