«Barselona» «Sevilya»ga yutqazdi — Kuman o‘yindan qoniqdi
«Barselona» va «Sevilya» Ispaniya kubogi yarimfinalining dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.
Sevilyada o‘tgan o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida ustun kelishdi. Gollarni Jyul Kunde (25-daqiqa) va Ivan Rakitich (85-daqiqa) o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi ushbu o‘yin va mag‘lubiyatni izohladi.
«O‘yinni tahlil qilib chiqishimiz kerak. Jamoa yaxshi sport formasida edi, jismonan kuchli raqibga qarshi yomon o‘ynamadi. Umtiti xatolarga yo‘l qo‘ydi, ammo boshqalar-chi. Uni ayblash adolatdan emas. Butun jamoa g‘alaba qozonadi, biroq mag‘lubiyat ham jamoaniki», — dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Hal qiluvi javob o‘yini 3-mart kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter