«Barselona» Parijga himoyadagi muammolari bilan boradi

Kataloniyaning «Barselona» klubi YeChL 1/8 final javob bahsi doirasida 10-mart, chorshanba kuni Fransiyaning PSJ jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
«Barselona» ushbu uchrashuvga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.
Uchrashuvni jarohat sabab himoyachilar — Jerard Pike, Ronald Arauxo, Serxi Roberto hamda hujumchilar — Ansu Fati va Filippe Koutino o‘tkazib yuboradi.
- Darvozabonlar: Mark Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;
- Himoyachilar: Samyuuel Umtiti, Kleman Langle, Xordi Alba, Xunior Firpo, Serjino Dest, Oskar Mingesa;
- Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Miralem Pyanich, Pedri Gonsales, Rikard Puch, Mateus Fernandes, Ilaysh Moriba, Konrad de la Fuente;
- Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Usmon Dembele, Martin Breytueyt, Fransishku Trinkau.
Ushbu jamoalar o‘rtasida dastlabki o‘yin PSJ foydasiga 4:1 hisobida yakunlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter