Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» Messi bilan xayrlashishga rozi bo‘ldi

«Barselona» Messi bilan xayrlashishga rozi bo‘ldi

Foto: «Albert Gea / Reuters»

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchi Lionel Messini Angliyaning «Manchester Siti» klubiga sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda «The Mirror» xabar bergan.

Nashrning Ispaniyadagi manbalariga ko‘ra, hozir gap 250 million funt sterling (280 million yevro) haqida bormoqda. Bunday vaziyatda «shaharliklar» to‘lovga qo‘shimcha sifatida himoyachi Erik Garsiyani berishiga to‘g‘ri keladi. Jon Stouns, Nikolas Otamendi, Benjamin Mendi, Juan Kanselu, Aleksandr Zinchenko va Anxelinoni sotish esa muqobil variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, ikkala klub ham Messi karerasini «Siti»da davom ettirishiga ishonadi. Xususan, ko‘k-anorranglilar bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani Messisiz qayta tuzishga tayyorlanayotganini allaqachon do‘stlariga ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring