Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» – «Chelsi». Dembelening debyut, Messining esa 100-goli (video)

«Barselona» – «Chelsi». Dembelening debyut, Messining esa 100-goli (video)

Foto: «Youtube»

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finali javob o‘yinida «Barselona» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi.

Yaratilgan vaziyatlardan ideal darajada foydalangan «Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Suaresning uzatmasidan so‘ng uchrashuv debyutidayoq Messi hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Fabregasdan to‘pni olib qo‘yib, yana ikki futbolchini ortda qoldirgan Messi ajoyib tarzda Dembeleni qulay vaziyatga chiqardi. Bu sovg‘adan unumli foydalangan yosh hujumchi «Barselona» tarkibidagi debyut golini urdi.

Ikkinchi taymda yana o‘sha Messi uchrashuvga nuqta qo‘yib qo‘ya qoldi. U ikkinchi marta ham Tibo Kurtua oyoqlari orasidan o‘tkazib, to‘pni darvozaga joyladi. Bu Messining YeChLdagi 100-goli bo‘ldi. «Barselona» esa ishonch bilan chorak finalga yo‘l oldi.

Barselona (Ispaniya) – Chelsi (Angliya) 3:0

Gollar: 1:0 – 3 Messi, 2:0 – 20 Dembele, 3:0 – 63 Messi.

Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Rakitich, Serdji Roberto, Inesta (Paulino, 56), Buskets (Andre Gomesh, 61), Dembele (Aleish Vidal, 67), Messi, Suares.

Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 67), Villian, Fabregas, Azar (Pedro, 82), Kante, Alonso, Jiru (Morata, 67).

Birinchi o‘yin: 1:1.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas