Bahodir Jalolovning jangiga oz vaqt qoldi

Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglarini o‘tkazayotgan Bahodir Jalolov (11-0, 11 KO) o‘zining navbatdagi jangini kelgusi haftada amerikalik Kyortis Harperga (14-8, 9 KO) qarshi o‘tkazadi.
Jang 26 noyabr kuni AQShda MarvNation kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu boks oqshomining asosiy jangi birinchi yarimo‘rta vazn toifasida vakant turgan WBC chempionlik kamari uchun Rejis Progreys va Xose Sepeda o‘rtasida kechadi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov shu kungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Harper esa 22 ta jang o‘tkazgan: 14 g‘alaba (9 tasi nokaut), 8 mag‘lubiyat (3 tasi nokaut).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter