Bahodir Jalolovning ertangi raqibi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning og‘ir vazn toifasida yengilmas bo‘lib turgan Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) o‘zining 7-jangini Toshkent vaqti bilan 13 dekabr kuni tongda o‘tkazadi.
Meksikada tashkil etiladigan boks kechasida Bahodirga mezbon sportchi Uilfredo Lil (10-17-3, 8 KO) raqiblik qiladi.
Uilfredo Lil prof boksda 30 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (8 ta jang raqiblarini nokautga uchratgan). 17 ta jangda mag‘lub bo‘lgan (13 ta jangda nokautga uchragan). 3 ta jangi esa durang bilan tugagan.
Shuningdek, ertaga Meksikada Elnur Abduraimov ham jang o‘tkazadi. Unga Abraham Oliva (4-0, 3 KO) raqiblik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter