Bahodir Jalolov navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi
Bugun Ozarbayjonda boks bo‘yicha «Great Silk Way-2024» turniri final janglari o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi 8 vazn toifasida hal qiluvchi bosqichga yetib kelgan.
Kun davomida 3 vazn toifasida «o‘zbekcha finallar» bo‘lishi kutilayotgandi. Biroq ularning ikkitasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi va muddatidan avval g‘oliblar aniqlandi.
-75 kgda Saidjamshid Jafarov — Javohir Ummataliyev o‘rtasidagi bahsda, Saidjamshid oltin medalga, Ummataliyev kumush medalga ega chiqishdi.
+92 kg vaznda esa Bahodir Jalolov turnirni oltin medal bilan, Jahongir Zokirov bo‘lsa kumush bilan yakunladilar.
Qolgan juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Asilbek Jalilov - Mahdi Parvizi (Eron)
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston)
-57 kg: Xudoynazar Fayzov - Shamil Askerov (Ozarbayjon)
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Tayfur Aliyev (Ozarbayjon)
-71 kg: Bekzod Hamidov - Darhan Duisebay (Qozog‘iston)
-80 kg: Rahmatilla Boymatov - Fazliddin Erkinboyev
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter