Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Atletiko» «Real»ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

«Atletiko» «Real»ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

Ispaniya Kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan Madrid derbisida «Atletiko» g‘alaba qozondi va nomdor raqibini musobaqadan chiqarib yubordi.

Anchelotti shogirdlari asosiy vaqtda ikki bor hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo qo‘shimcha taymlarda Grizmann kiritgan supergol «Real»ni muvozanatdan chiqardi. Bundan foydalangan «Atletiko» yana bir gol kiritib, hisobni mustahkamlab qo‘ydi.

Ispaniya Kubogi. 1/8 final

Atletiko — Real 4:2

Gollar: Lino (39), Morata (57), Grizmann (100), Rikelme (119) — Oblak (45+1, avtogol), Xoselu (82). 

Atletiko – Oblak, Ximenes, Ermoso, Vitsel, Lorente (Barrios, 98), Koke, Saul (Molina, 56), De Paul (Aspilikueta 106, Savich 115), Grizmann, Morata (Depay, 98), Lino (Rikelme, 90+2). 

Real – Lunin, Karvaxal, Nacho (Seballos, 106), Ryudiger, Mendi (Dias, 66), Modrich (Kroos, 66), Valverde (Tchuameni, 73), Kamavinga (Fran Garsiya, 106), Bellinghem, Vinisius, Rodrigo (Xoselu, 80). 

Ogohlantirishlar: Vinisius (45), Kamavinga (56), Morata (58), Dias (68), Ermoso (68), De Paul (78), Koke (80), Tchuameni (85), Bellinghem (87), Karvaxal (89), Grizmann (101), Vitsel (113).

Shunday qilib, Ispaniya kubogi chorak finaliga «Atletiko», «Barselona», «Sevilya», «Atletik», «Malorka», «Selta», «Real Sosedad» va «Jirona» klublari yo‘l olishdi.

Bugun, 19 yanvar kuni Ispaniya kubogi chorak finaliga qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring