APLda yana 4 ta o‘yin noma’lum muddatga qoldirildi
Angliya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan yana 4 ta o‘yin koronavirus infeksiyasi sababli noma’lum muddatga qoldirildi: «Sautgempton» - «Brentford», «Uotford» - «Kristal Pelas», «Vest Xem» - «Norvich», «Everton» - «Lester».
1-turning 3 ta o‘yini ham noma’lum muddatga qoldirilgandi: «Lester» - «Tottenxem», «Byornli» - «Uotford», «Brentford» - «Manchester Yunayted». «Tottenxem»da bu holat avvalroq boshlangan va u yevrokuboklardan quruq qoldi hisobi.
APL klublari orasida koronavirus infeksiyasi shiddat bilan tarqamoqda. Ayni paytda «omikron» shtammi aniqlangan jamoalar soni hozircha 8 ta tashkil qilyapti: «MYu», «Tottenxem», «Lester», «Uotford», «Aston Villa», «Brentford», «Chelsi», «Vulverxempton».
Ayni paytda aynan qaysi futbolchilarda koronavirus aniqlangani sir tutilmoqda. Lekin «Chelsi» jamoasi infeksiya yuqtirgan o‘yinlarni aytib o‘tdi: Romelu Lukaku, Timo Verner, Ben Chiluell va Kallum Xadson-Odoi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter