Anchelotti yana bir «beshlik» rekordni o‘rnatdi
Kecha «Real Madrid» «Manchester Siti»ni mag‘lub etganidan so‘ng (3:1), Karlo Anchelotti o‘z jamoalarini Yevropa Chempionlar ligasi finaliga besh marotaba olib chiqqan bosh murabbiyga aylandi.
62 yoshli Karlo Anchelotti endi o‘zining beshinchi finalini «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.
YChLning finaliga ilgari «Milan» (Italiya) bilan uch marta (2003, 2005, 2007), «Real Madrid» bilan bir marta (2014) chiqqan.
O‘sha finallarning faqat bittasida, unda ham «Liverpul»dan penaltilar seriyasi bo‘yicha mag‘lubiyatga uchragan (2005).
Anchelotti yaqindagina «beshlik» rekordni o‘rnatgan: «Real» bilan Ispaniya chempioniga aylanganidan so‘ng, top-5 Yevropa ligalarining barchasida o‘z jamoalarini chempion qilgan murabbiyga aylangandi.
Anchelottining ishlari — besh!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter